17:50 / 21.04.2017
7909

Yilning 1 choragida 1130,4 kilometr ichki xo‘jalik yo‘llari, qishloq va ovullar ko‘chalari ta'mirlandi 

2017 yilning I choragida «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» Davlat dasturi doirasida qator loyihalar amalga oshirildi. Xususan, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish yo‘nalishida temir  yo‘l sohasida yuqori tezlikdagi "Talgo-250” rusumli yo‘lovchi poyezdini sotib olish, temir yo‘l liniyalarini qurish, ta'mirlash, elektrlashtirish hamda vagonlar tarkibini yangilash kabi 6 ta loyiha doirasida 107,7 mln. dollar mablag‘ o‘zlashtirildi; 

Tayyor charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha umumiy qiymati 12,7 mln. dollar bo‘lgan 10 ta loyiha amalga oshirildi;

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish sohasiga 32 mln. dollar miqdorida investitsiyalarni jalb qilish hisobiga 3 ta yangi va modernizatsiya qilingan zamonaviy yengil sanoat korxonalari ishga tushirildi;

Avtomobil yo‘llari holatini yaxshilash va yo‘l-transport infratuzilmasini rivojlantirish loyihalari doirasida 102 mlrd. so‘mlik ishlar bajarildi. 1130,4 km ichki xo‘jalik yo‘llari, qishloq va ovullar ko‘chalari to‘liq va joriy ta'mirlandi. 

Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash maqsadida 1800 kmdan ortiq kollektor-drenaj tarmoqlari hamda 15 dona gidrotexnik inshootlari rekonstruksiya qilindi.

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, meva-sabzavot, kartoshka va uzum ishlab chiqarish hajmlarini oshirish, ichki bozorda ularga bo‘lgan narxlar keskin oshishining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida: 

•  barcha toifadagi xo‘jaliklarning asosiy maydonlariga 106,5 ming gektar sabzavot, 64,9 ming gektar kartoshka va 9,4 ming gektar poliz ekinlari ekildi;  

•  fermer, dehqon xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan 89 gektar maydonda issiqxonalar, 14,1 ming tonna hajmli muzlatkichli-omborxonalar hamda 28,8 mingta xonadonlarda 287 gektar issiqxonalar tashkil etildi.

Top