Joriy yilning 7-8 sentabr kunlari Samarqand shahrida oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tadbirni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Samarqand shahrining ba’zi yo‘llari transport vositalari harakatlanishi uchun vaqti-vaqti bilan yopiladi. 

Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida haydovchilar uchun boshqa aylanma yo‘llar tashkil etiladi.

Harakat qatnovi cheklangan ko‘chalarda bemorlar va shoshilinch tibbiy yordamga zarurati bor fuqarolarga istisno tariqasida ruxsat beriladi.