Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostonada ShHT TIV rahbarlari Kengashi majlisi ochildi
Ostona shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti TIV rahbarlari Kengashi majlisi boshlandi. Tashqi siyosat idoralari rahbarlari davlat rahbarlari ko‘rib chiqishiga mo‘ljallangan hujjat va qarorlarni muhokama qilishadi. Uchrashuv Qozog‘iston poytaxtida iyun oyida bo‘lib o‘tuvchi ShHT sammitiga tayyorgarlik ko‘rishning yakunlovchi bosqichidir.
Vazirlar Ostona deklaratsiyasi loyihasini qabul qilishadi. Unda dolzarb mintaqaviy va xalqaro muammolar, birlashuvning yanada jipslashuviga oid uslublar belgilab qo‘yiladi. Bundan tashqari, 2022 yilga qadar Antinarkotik strategiya loyihalarini muvofiqlashtirish va uni bajarish bo‘yicha harakatlar Dasturiga oid vazifalar bor. Alohida e'tibor davlat rahbarlarining xalqaro terrorizmga qo‘shma qarshi kurashish bo‘ycha Bayonoti loyihasiga qaratiladi.
TIV rahbarlari Hindiston va Pokistonni ShHTga qabul qilish jarayonining yakunlanishi va ularga a'zo-davlat maqomini berish masalalarini ham ko‘rib chiqishadi.
ShHTni tashkil etish haqidagi deklaratsiya Shanxayda 2001 yilning iyunida olti davlat tomonidan imzolangan: RF, Xitoy, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston. Tashkilot ishida shuningdek olti kuzatuvchi-davlat (Mo‘g‘uliston, Hindiston, Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Belarus) va muloqot bo‘yicha olti sherik (Shri-Lanka, Turkiya, Ozarboyjon, Armaniston, Kamboja va Nepal) ham ishtirok etmoqda.
Mavzuga oid
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
19:12 / 05.03.2026
Qozog‘istonda Markaziy Osiyo mamlakatlarining ekologik sammiti bo‘lib o‘tadi
09:42 / 23.01.2026
Ostona va Samarqand o‘rtasida aviareyslar soni ko‘payadi
17:11 / 22.06.2025