Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya prezidenti Parijdagi hodisa bo‘yicha bayonot berdi
Foto: Reuters
IShID terrorchilik guruhi Parij markazidagi otishma uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga oldi. Hodisa oqibatida bir politsiyachi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Frans Press agentligi ekstremistlar bilan aloqador saytga asosan.
Yelisey maydonlarida yuz bergan otishma chog‘ida bir nafar huquq-tartibot idorasi xodimi halok bo‘ldi, yana ikki nafari yaralandi. Shuningdek hodisa joyi yaqinidan o‘tib ketayotgan ayolning ham jabrlangani xabar qilingan. Fransiya prezidenti Fransua Olland amalga oshirilgan hujum terakt bo‘lishi mumkin ekanini ma'lum qildi. Biroq davlat rahbari shoshilinch xulosalar chiqarmaslik hamda rasmiy surishtiruv natijalarini kutishga chaqirdi. Parij prokurori ham ro‘y bergan holatni terakt deb hisoblagan va jinoyatchini terrorchi, deb atadi.
Jahon davlatlari yetakchilari, jumladan, GFR kansleri Angela Merkel va Italiya bosh vaziri Paolo Jyentolini Fransiya xalqi va hukumatiga o‘z hamdardligini bildirgan.
Mavzuga oid
16:46
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
08:32 / 21.05.2026
O‘zbekiston Buxoro va Qo‘qondagi tarixiy saroylarni restavratsiya qiladi
10:10 / 18.05.2026