Uzbek Tigers Rossiyada mag‘lubiyatga uchradi

Bugun, 21 aprel kuni Xalqaro havaskor bokschilar uyushmasi – AIBA tomonidan o‘tkazilayotgan The World Series Boxing (WSB) - Butunjahon boks seriyalari VII mavsumida ishtirok etayotgan Uzbek Tigers bokschilari S guruhidagi so‘nggi uchrashuvini Patriot boxing team jamoasiga qarshi o‘tkazdi.
Keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan jamoa Permga ikkinchi tarkibni olib ketgandi. Bu tarkib 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
52 kilogrammgacha bo‘lgan vazndagi sportchilar o‘rtasidagi bellashuv o‘tkazildi. O‘zbekistonning bu vazndagi vakili Abrorjon Qodirov Patriot Boxing Team jamoasi a'zosi Vyacheslav Tashkarakov ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Hakamlar Abrorjon Qodirovning 3:0 hisobidagi g‘alabasini qayd etishdi.
60 kilogrammgacha bo‘lgan bokcchilar o‘rtasidagi jangda esa Rossiya vakili ustun keldi. Uzbek Tigers a'zosi Ulug‘bek Do‘stmurodov Patriot Boxing Team jamoasi a'zosi Konstantin Bogomazovga yutqazdi.
69 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi bahsda esa O‘zbekistondan Odil Aslanov Artyom Zaytsevga qarshi ringga ko‘tarilib, imkoniyatni boy berdi - 1:2.
Jamoalarning 81 kilogrammgacha bo‘lgan boskchilari bahsida ham ruslar vakili ustun keldi. Madiyor Saidrahimov Pavel Silyaginga mag‘lub bo‘ldi - 1:3.
Tur doirasidagi so‘nggi jang +91 kg vaznda Uzbek Tigers a'zosi Mirzobek Hasanov Patriot Boxing Team Artyom Suslenkov o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
Hakamlar bir ovozdan Mirzobek Hasanovning g‘alabasini qayd etishdi - 48:47, 49:46, 48:47.
Shu tariqa Uzbek Tigers guruh bosqichini 2:3 hisobidagi mag‘lubiyat bilan yakunladi.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

20:15 / 09.08.2022
Permdagi o‘zbeklar Ukrainadagi urushda qatnashishga da’vat qilindi. Migratsiya agentligi oqibatlardan ogohlantirdi

09:37 / 04.10.2019
Permda YTHga uchragan avtobus yo‘lovchilarini qutqargan Danil Yo‘ldoshev Mehnat vazirligi jamoasiga qabul qilindi

10:55 / 28.02.2019
AIBA Butunjahon boks seriyasining O‘zbekiston bosqichini tashkil etishi mumkin

14:49 / 22.02.2019