Rossiyaning Perm oblastida YTHga uçragan avtobus içidagi 32 nafar yölovçini saqlab qolgan Danil Yöldoşev Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi jamoasiga qabul qilindi.

Foto: Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

2019 yilning 17 avgustida maşğulotlar ötkaziş uçun sport zaliga yöl olgan Danil avtobusning YTHga uçraganini körib, befarq ötib keta olmagan va jabrlanganlarga yordam bergan. U ikki soat davomida avtobusdan jarohatlanganlarni olib çiqib, ularga dastlabki tez tibbiy yordam körsatadi. 

21 avgust kuni Perm ölkasi gubernatori Maksim Reşetnikov Danil Yöldoşev bilan uçraşib, unga taşakkurnoma topşirdi. Danilning mardonavor harakatlari Özbekistonning Qozon şahridagi boş konsulxonasi tomonidan ham e'tirof etildi.

Toşkentda ösib ulğaygan, söng oilaviy şaroitlar sabab Rossiyaga yöl olib, bir neça yillar mobaynida öşa yerda istiqomat qilib kelgan Danil Yöldoşevga Rossiya fuqaroligi taklif qilindi. 

“Biroq, u öz tuğilgan yurtining rivoji uçun javobgar biladi. Mana şu niyatini amalga oşiriş, özini, imkoniyatlarini körsatsin, deya Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Danil Yöldoşevni öz safiga qöşdi, uni işga qabul qildi. Öylaymizki, uning faol fuqarolik pozitsiyasiga ega ekani, harakatçanligi, eng muhimi, atrofida sodir bölayotgan hodisalarga befarq emasligi faoliyati davomida asqatadi”, - deyiladi vazirlik xabarida.