Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat organlari yuridik xizmat xodimlari yangi ko‘rsatuv orqali savollarga javob beradi
Adliya vazirligi tomonidan milliy teleradiokompaniya bilan hamkorlikda “Madaniyat va ma'rifat telekanali” orqali muntazam ravishda namoyish etib boriladigan “Yuridik klinika” ko‘rsatuvi tashkil etildi. Bu haqda Kun.uz’ga Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur ko‘rsatuvga barcha davlat organi va tashkilotining yuridik xizmat xodimlari ekspert sifatida jalb etilmoqda.
Qayd etilishicha, yuridik xizmat xodimlari tomonidan o‘z idoralarining faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan fuqarolar va yuridik shaxslar huquq va manfaatlariga daxldor qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati yoritib borilmoqda hamda ularni qiziqtiradigan savollarga javoblar berib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:45 / 15.06.2026
Advokatlar davlat muassasalariga shartnoma asosida yuridik xizmat ko‘rsatishi mumkin
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026