Fransiyada prezidentlik saylovidan avvalgi sokinlik kuni boshlandi

Fransiya prezidentlik saylovining birinchi bosqichidan avvalgi saylovoldi tashviqot kampaniyasi poyoniga yetdi. 22 aprel kuni sokinlik kuni deb e'lon qilingan. 23 aprelda saylovning birinchi turi bo‘lib o‘tadi.
Fransiya Saylov kodeksiga ko‘ra, shu kundan e'tiboran, prezidentlikka nomzodlar saylovoldi mitinglari o‘tkaza olishmaydi, OAVga intervyu berishlari yoki boshqa ko‘rinishda tashviqot ishlari olib borishlari mumkin emas. OAV esa, fransuz saylovchilarining fikriga ta'sir o‘tkazadigan ma'lumotlarni e'lon qilishi taqiqlanadi. Shunday qilib, 45 mln fransuz saylovchisiga tinch vaziyatda umummilliy ovoz berish jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish imkoni taqdim etildi.
Ijtimoiy fikrni o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, saylovoldi poygasida "Marshda" harakatining yosh rahbari Emmanuel Makron yetakchilik qilmoqda. Birinchi turda unga 23 foiz saylovchi ovoz berishga tayyor. Rasman u partiyasiz mustaqil nomzod sifatida kurash olib borayapti. Biroq, hukmron sotsialistik partiyaning qator vazirlari uni qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi. Shu sababli, OAV Makron ortida bevosita Yelisey saroyi turibdi, degan fikrni ilgari surmoqda.
"Milliy front" rahbari Marin Le Pen Makron bilan derli bir xil natijani ko‘rsatishi mumkin. Unga birinchi turda 22 foiz saylovchi ishonch bildirishi kutilmoqda. Tahlilchilarning fikricha, aynan shu ikki nomzod ikkinchi turda Yelisey saroyi uchun kurash olib boradi.
Ekspertlarga ko‘ra, Fransiyadagi bu safargi saylovlarning o‘ziga xosligi shundan iboratki, unda yakuniy qarorga kelmagan saylovchilar ko‘pchilikni tashkil etadi. Fransiyadagi ovoz berish huquqiga ega fuqarolarning qariyb 1/3 qismi, ya'ni salkam 15 million nafari 23 aprelda kimga ovoz berishi haqida to‘xtamga kelmagan.
Ijtimoiy so‘rovlarda 20 foiz ishonch bildirilgan Fiyon yoki 19 foiz ishonch bildirilgan Melanshon ham ikkinchi turga yo‘l olish ehtimoli yuqori.
Tavsiya etamiz
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi
Jahon | 22:24 / 12.05.2025
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
3 mlrd so‘mlik energiya resurslari talon-toroj qilingani aniqlandi
Jamiyat | 10:00
-
Yo‘llarni rekonstruksiya qilish bo‘yicha yana to‘rtta loyiha boshlanadi
O‘zbekiston | 09:44
-
Xorazmdagi uylardan biriga asteroid tushgani rad qilindi
Jamiyat | 09:41
-
AQSh Xitoy tovarlariga bojlarni 120 foizdan 54 foizga pasaytiradi
Jahon | 09:39
Mavzuga oid

16:46 / 13.05.2025
Jyerar Deparde jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi

08:10 / 10.05.2025
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi

09:25 / 08.05.2025