Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Britaniyada AQSh mustaqilligi deklaratsiyasining ikkinchi nusxasi topildi
Ikki amerikalik tadqiqotchi Emili Sneff va Daniel Allen olamshumul topilma haqida ma'lum qilishdi. Ular tomondan Buyuk Britaniya janubidagi Chichester davlat arxivida pergament qog‘ozga ishlangan AQSh mustaqilligi deklaratsiyasining ikkinchi nusxasi topildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Deklaratsiyaning birinchi nusxasi Vashingtondagi milliy arxivlarda saqlanadi.
Olimlarning fikricha, ushbu nusxa 1780-yillarda Nyu-Yorkda yoki Filadelfiyada yaratilgan va dastlab Charlz Lennoks ismli gersogga tegishli bo‘lgan.
AQShda saqlanuvchi nusxadan farqli o‘laroq, topilgan nusxada imzolar shtatlar bo‘yicha ajratilmagan.
AQShning Buyuk Britaniyadan mustaqilligi e'lon qilingan hujjat 1776 yil 4 iyulda 13 shtat vakili tomonidan imzolangan. Deklaratsiyaning asl nusxasi AQSh davlat mulki hisoblanadi va inert gaz bilan to‘ldirilgan hamda o‘q o‘tkazmaydigan shishadan tayyorlangan shaffof konteynerda saqlanadi. Kunduzi deklaratsiya arxiv zalida tomoshaga qo‘yiladi, kechasi esa konteyner himoyalangan yerto‘laga tushiriladi.
Mavzuga oid
18:59
Kir Starmer iste’foga chiqishini e’lon qildi
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
18:06 / 17.06.2026
Shavkat Mirziyoyev lord Stokvud boshchiligidagi Britaniya delegatsiyasini qabul qildi
10:30 / 16.06.2026