Fransiyalik arablar kimning prezident bo‘lishini istashmoqda?

Foto:RIA
23 aprelda Fransiyada o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida saylov uchastkalariga kelayotganlarning anchagina qismini arab ildizlariga ega fuqarolar tashkil qiladi. RIA “Novosti” axborot agentligi muxbiri saylovchilar bilan so‘rovnoma o‘tkazib, ularning prezidentlikka nomzodlar dasturlari haqidagi fikrlarini aniqlashga harakat qildi.
Kelib chiqishi jazoirlik bo‘lgan buxgalter Yasin Parijning 19-okrugidagi saylov uchastkasida ovoz berish uchun navbatda turibdi. "2012 yildagi kabi men o‘zimning sevimli nomzodim, so‘llarni bildiruvchi Jan-Lyuk Melanshonga ovoz beraman", deb aytdi Yasin.
19-okrug an'anaviy tarzda so‘llar qo‘llab-quvvatlanadigan okrug hisoblanadi. Yasinning fikricha, fransuz siyosati "boshi berk ko‘chaga kirib qolgan". "Bir qarang, o‘ng Sarkozining boshqaruvi qanday bo‘lgan! Hozirgi prezident Olland davlatni qanday boshqarmoqda! Men so‘llar tarafdori sifatida Ollandning sotsialistik hukumatiga umid qilgandim, biroq real o‘zgarishlarni ko‘rmadik", deb kuyinib gapirmoqda Yasin.
Yasinning fikricha, bu saylovlarda Melanshonning g‘alaba qilishga imkoniyatlari 5 yil avvalgidan ancha ko‘proq. "Yevropa bazo‘r nafas olmoqda. Melanshon Sarkozi va Ollanddan farqli o‘laroq, Germaniya va Bryusselga bo‘ysunmaydi", deb hisoblamoqda Yasin. Biroq u shu bilan birga "Milliy front" nomzodi Marin Le Pen g‘olib bo‘lishini istisno etmayapti.
"Bu syurpriz bo‘lishi mumkin. Agar u hokimiyatga kelsa, uning siyosati Fransiya va bu davlatda yashovchi xorijliklar, musulmonlar uchun falokatli bo‘ladi. Chunki uning dasturi o‘ng radikaldir", deb hisoblamoqda Yasin.
Yasindan bir necha metr berida fransuz Luar o‘z navbatini poylab turibdi. Ayol o‘z ovozini Emmanuel Makronga berish niyatida. "Bugun bizga o‘zgarishlar kerak. Biz siyosatchilarning eski avlodidan charchadik, Makron esa yosh va bu o‘zgarishlarni taqdim qiladi", deb aytmoqda Luar.
Parijning 18-okrugida bor-yo‘g‘i ikki yil Fransiya fuqaroligini olgan, kelib chiqishi suriyalik Ahmad ovoz bermoqda.
"Men meni qabul qilgan davlatda birinchi marta ovoz bermoqdaman. Rostini aytganda, dastlab qaysi nomzodni tanlash qiyin bo‘ldi. Menga ijtimoiy nuqtai nazardan so‘llarning dasturi, iqtisodiy tomondan esa o‘nglarning dasturi ma'qul kelmoqda", deb o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi Ahmad.
Ahmad dastavval Fransua Fiyonga ovoz bermoqchi bo‘lgan, biroq keyin unga ovoz bermaslikka qaror qilgan. "Men unga ovoz bermayman, men uning tashqi siyosatini qo‘llab-quvvatlamayman. Men suriyalikman va Suriya hukumatini qo‘llab-quvvatlamayman, Fiyon esa Suriya hukumatini yetarlicha qoralamagan, aksincha Rossiyaning Suriyadagi operatsiyasini qo‘llab-quvvatlagan. Shu sababli men sotsialist Benua Amonga ovoz berishga qaror qildim, uning tashqi siyosati meni qanoatlantiradi, biroq uning iqtisodiy dasturi men uchun uncha maqbul emas", deb aytmoqda Ahmad.
Fransiyada prezidentlik saylovlari o‘tmoqda. 23 aprel ertalabdan mamlakat bo‘ylab 66 mingdan ko‘proq saylov uchastkalari faoliyat yuritmoqda, ularda 47 mln fuqaro ovoz berishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
Mavzuga oid

23:21 / 24.05.2025
Fransiya sudi Durovga Norvegiyadagi forumda ishtirok etishiga ruxsat bermadi

18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi

14:20 / 23.05.2025
Ruminiyada prezidentlik saylovlari natijasi bo‘yicha shikoyat rad etildi

21:04 / 22.05.2025