Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kurdlar Raqqani qurshab olishganini e'lon qilishdi
Foto: ZUMA Press / Global Look Press
Kurd xalq mudofaasi ishtirokida yaratilgan "Suriya demokratik kuchlari" harakatining vakili Shohanshoh Ahmad IShIDning Suriyadagi "poytaxti" hisoblanuvchi Raqqa shahri qurshab olinganini ma'lum qildi. Bu haqda Firat axborot agentligi xabar bermoqda.
"Biz IShID jangarilari ta'minoti olib borilgan, Raqqaga olib boruvchi barcha strategik yo‘llarni to‘sdik. Biz Raqqaning sharqiy qismini to‘liq nazorat qilmoqdamiz", deb aytdi ayol.
Tabqa-Raqqa va Raqqa-Damashq yo‘llari ustidan nazorat olingani evaziga terrorchilar madad ololmaydilar. "Endi ular to‘rt tomondan qurshab olinganlar", deb qo‘shimcha qildi Ahmad.
Avvalroq Pentagon IShID o‘z "poytaxtini" Raqqadan undan 90 mil uzoqlikda joylashgan Daur-az-Zo‘rga ko‘chirganini ma'lum qilgandi. Jangarilarning yangi joyga ko‘chib o‘tishi AQShga tegishli harbiy dronlar yordamida qayd qilingan.
Bundan avval AQSh Raqqaga hujum oldidan Suriyaga yana ming askarini yubormoqchi ekanligi ma'lum bo‘lgandi.
"Natija ayon – IShIDga qarshi kurashga ko‘plab davlatlarning juda jiddiy kuchlari jalb qilingan", deb aytgan Rossiya Fanlar akademiyasining sharqshunoslik instituti xodimi Vladimir Sotnikov IShIDning yakson bo‘lishi muqarrar ekanligini nazada tutib.
Mavzuga oid
22:09 / 10.03.2026
Quruqlikdan bosqin ehtimoli: Eron bunga qanchalik tayyor?
19:10 / 04.03.2026
CNN: AQSh ma’muriyati Erondagi kurdlardan rejimga qarshi foydalanmoqchi
10:04 / 31.01.2026
Suriya hokimiyati va kurdlar keng qamrovli kelishuv tuzdi
19:30 / 21.01.2026