Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» va «Barselona» boshlang‘ich tarkiblarni e'lon qildi
Ispaniya chempionatining 33-turida «Real» va «Barselona» jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni boshlang‘ich tarkibda boshlaydigan futbolchilar nomi ma'lum bo‘ldi. Uchrashuv bir soatdan keyin Madriddagi «Santyago Bernabeu» stadionida start oladi.
«Real»: Keylor Navas, Karvaxal, Nacho, Ramos, Marselo, Modrich, Kroos, Kasemiro, Beyl, Benzema, Ronaldu.
Zaxira: Kasilya, Xames, Kovachich, Asensio, Morata, Danilo, Isko.
«Barselona»: ter Shtegen, Roberto, Pike, Yumtiti, Alba, Rakitich, Buskets, Inesta, Messi, Suares, Alkaser.
Ayni vaqtga kelib Ispaniya chempionati turnir jadvalida «Real» ikkinchi o‘rindagi «Barselona»ni 3 ochkoga ortda qoldirgan holda yetakchilik qilmoqda. Bundan tashqari, madridliklar hisobida bitta zaxira o‘yini mavjud.
Mavzuga oid
20:37 / 16.05.2026
Levandovski «Barselona»ni tark etishini e’lon qildi
02:34 / 11.05.2026
"Barselona" "Real" bilan o‘yinda Ispaniya chempioniga aylandi. Bunaqasi ilk bor ro‘y berdi
20:32 / 10.05.2026
“Barselona” bosh murabbiyining otasi “El Klasiko” kunida vafot etdi
18:01 / 08.05.2026