79 yoşli funksioner Florentino Peres Madridning «Real» klubi prezidenti lavozimi uçun saylovda ğalaba qozondi. Klub rasmiy a’zolari örtasida ötkazilgan ovoz beriş jarayonida uning nomzodini 21 ming 741 kişi (65 foiz) qöllab-quvvatlagan.
Ispaniya grandi prezidentligi uçun ikkinçi nomzod bölgan tadbirkor Enrike Rikelme esa 11 814 kişi ovozini (35 foiz) qölga kiritgan.
Şu tariqa, Peres qatorasiga sakkizinçi bor klub prezidentligi lavozimini egalladi – u klubni kamida 2030 yilga qadar boşqarişi mumkin.
Saylov natijalaridan keyin u raqibiga ovoz bergan saylovçilarga murojaat qildi.
«Biz «Real»ga bölgan ehtirosimiz bilan yakdil bölişimiz lozim. Menga ovoz bermaganlarga yuzlanmoqçiman: «Sizning barça xavotirlaringiz bilan hisoblaşiş uçun qölimdan kelgan barça işni qilaman!» – deya Peresning sözlarini keltirgan klub rasmiy sayti.
Peres saylovoldi kampaniyasi davrida klub boş murabbiyligiga Joze Mourinioni olib kelişini ma’lum qilgandi. Şuningdek, lavozimga qayta saylangan prezident «Liverpul»dan Ibraima Konate, «Inter»dan Denzel Dumfris transferini hal qilib qöygan. Yaqin vaqtlar içida esa klub Yevropaning nomdor klublaridan birining yulduzli futbolçisi uçun 150 million yevrolik taklif bilan çiqişi kutilmoqda.

















