So‘rovnoma: Fransiyadagi saylovlarda Makron yetakchilik qilmoqda

Foto:RIA
Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanuel Makron Fransiyadagi prezidentlik saylovlarida 24 foiz ovoz to‘plab yetakchilik qilmoqda. Qolgan asosiy nomzodlar Marin Le Pen, Fransua Fiyon va Jan-Lyuk Melanshon 18 foizdan 20 foizgacha ovoz to‘plashgan, deb xabar bermoqda saylovchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Belgiyaning RTBF teleradiokompaniyasi.
Telekanalning ta'kidlashicha, so‘rovnomalar bir nechta ijtimoiy institutlar tomonidan o‘tkazilgan, biroq ularning nomlari keltirilmagan.
Fransiyada prognozlar va saylovchilarning saylov uchastkalaridan chiqishlarida ular orasida o‘tkazilgan so‘rovnomalar natijalarini ovoz berish yakunlanmaguncha chop etish qonunan taqiqlangan. Shu sababli qo‘shni davlatlar, jumladan, Belgiya, Shveytsariya va Germaniya OAV o‘zlari olib borgan tadqiqot natijalarini chop etadilar. Biroq bu so‘rovnomalardan olingan ma'lumotlar Fransiyada shubha ostiga qo‘yiladi. Chunki amaliyotning ko‘rsatishicha, bunday ma'lumotlar ba'zida noto‘g‘ri bo‘lib chiqqan.
Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan soat 19.00da yopiladi, biroq katta shaharlarda ovoz berish 20.00gacha davom etadi. Shundan keyin saylov natijalari haqida ilk ma'lumotlar berila boshlanadi.
Fransiyaliklar yangi prezidentlari nomini 7 mayda, saylovlarning 2- turi o‘tkazilgandan keyin bila oladilar.
Mavzuga oid

11:04 / 10.05.2025
Fransiya va Polsha ikki davlat o‘rtasida do‘stlik shartnomasini imzoladi

08:10 / 10.05.2025
Britaniya, Fransiya, Germaniya va Polsha rahbarlari 10 may kuni Kiyevga keladi

09:25 / 08.05.2025
Fransiya O‘zbekistonda uy-joylar “yashil” renovatsiyasiga mablag‘ ajratadi

07:53 / 08.05.2025