Fransiyadagi saylovlar yetakchisi Emmanuel Makron o‘zi kim?

39 yoshli markazchi va Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri, avval saylovlar orqali egallanadigan birorta lavozimni egallamagan Emmanuel Makron Fransiyaning keyingi prezidenti bo‘lish uchun katta imkoniyatlarga ega. Makron 23 aprelda Fransiyada o‘tgan prezidentlik saylovlarining 1-bosqichida g‘olib bo‘ldi. Makron 7 may kuni bo‘lib o‘tadigan 2-bosqichda Marin Le Pen bilan uchrashadi. Shunga qaramay, bizga fransuz siyosatining porlayotgan yulduzi haqida deyarli hech narsa ma'lum emas.
Quyida siyosatchi haqida ma'lumotlar berilgan.
Makron 1977 yil 21 dekabrda tug‘ilgan.
Lavozimi: Iqtisodiyot, sanoat va axborot texnologiyalari vaziri
Partiyasi: "Olg‘a". Makron 2016 yilda o‘zining partiyasini tashkil etish va prezidentlik saylovlarida ishtirok etish uchun hukumatni tark etgan.
Siyosiy karerasi:
2012−2014 — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i;
2012−2014 — prezident huzuridagi bosh kotib o‘rinbosari;
2014−2016 — iqtisodiyot, sanoat va axborot texnologiyalari vaziri;
2017 — "Olg‘a" partiyasidan prezidentlikka nomzod.
Makron Amen shahrida katta bo‘lgan. Ota-onasi shifokorlar. Ona shahridagi maktabni bitirib, Parijga ko‘chib o‘tgan va u yerdagi Genrix IV litseyi bakalavriatiga, so‘ngra siyosiy tadqiqotlar institutiga o‘qishga kirgan.
O‘z vaqtida pianinochi sifatida musiqa tanlovlarida mukofotlar bilan taqdirlangan. Falsafa sohasida magistr unvoniga ega.
Makron Fransiyaning amaldagi prezidenti Fransua Olland kabi Ma'muriyat milliy maktabida ta'lim olgan. Bu o‘quv maskanidan ko‘plab davlat xizmatchilari va siyosiy yetakchilar yetishib chiqqan.
Siyosiy faoliyati
Makron bir vaqtlar sobiq prezident Fransua Mitteranning maslahatchisi bo‘lgan. Mitteran Makronning zakovatidan tasanno aytib, unda "prezident bo‘lish salohiyati" borligini ishonch bilan ta'kidlagan.
2008 yilda Makron davlat xizmatidan ketib, Rothschild investitsion bankiga ishga kirgan va tezda mansab pillapoyalaridan ko‘tarilgan. Ma'lum qilinishicha, Makron Pfizer bo‘linmasining Nestlé kompaniyasi tomondan xarid qilinishi bitimini tashkillashtirishda ishtirok etgan va bu bitim orqasidan 2 mln yevro ishlab olgan.
Makron Olland hukumatiga iqtisodiy islohotlar bo‘yicha bosh kotib o‘rinbosari va maslahatchisi sifatida qo‘shilganda fransuz matbuoti uni "Yelisey saroyi Motsarti" deb atay boshlagan.
2014 yilda Olland Makronni iqtisodiyot vaziri etib tayinlagan va u bir vaqtlar iqtisodiyot vaziri bo‘lib, keyinchalik prezident bo‘lgan (1974-1981 yy.) Valeri Jiskar d'Esten davridan beri eng yosh iqtisodiyot vaziriga aylangan.
Shaxsiy hayoti
Makronning rafiqasi Brijit undan 24 yosh katta va shokolad ishlab chiqaruvchisining vorisi hisoblanadi. Ularning munosabatlari fransuz ommasini anchagina qiziqtiradi.
Ular Makron 15 yoshda bo‘lganda tanishib qolishgan. O‘shandayoq ayol 3 nafar farzandning onasi bo‘lgan. Ayol Makronga fransuz tili va teatr mahorati bo‘yicha muallimlik qilgan. 2007 yilda ular Makronning ota-onasi qarshiligiga qaramay, turmush qurishgan. Hozirda Brijitning 7 nafar nabirasi bor.
Brijit Makron turmush o‘rtog‘ining nutqlarini tahrir qilib beradi.
Makron "o‘nglar bilan ham, so‘llar bilan ham emasligini", u "Fransiya bilanligini" ta'kidlab keladi. U o‘zining "Inqilob" (Révolution) deb nomlangan kitobida o‘zini o‘ng ham, liberal ham deb ataydi.
Makron mart oyida britan biznesi va banklarini Parijga ko‘chib o‘tishga chorlagan dasturni chop etgan va ularga korporativ soliqni hozirgi 33,3 foizdan 25 foizgacha tushirishga va'da bergan.
U davlat xarajatlarini 60 mlrd yevroga va davlat sektoridagi ish o‘rinlarini 120 mingtaga qisqartirishga va'da bergan.
Bundan tashqari, Makron ish bo‘yicha taklifni bir necha marotaba rad etganlardan ishsizlik bo‘yicha nafaqani tortib olishga, pensiya yoshini va ishchi hafta davomiyligini qayishqoqroq qilishga va'da bergan.
U tomondan taklif qilinayotgan ommabop choralardan biri – 80 foizga yaqin oilalarni ko‘chmas mulk solig‘idan ozod qilishdir.
Makron maktablar uchun ko‘proq erkinlikni istamoqda, vazirlarni kompetentlikka tekshirishni taklif qilmoqda.
Makron prezident bo‘la oladimi?
Makron 7 may kuni o‘tkaziladigan saylovlarning 2-bosqichiga yetakchi sifatida chiqdi.
So‘rovnomalarga ko‘ra, u keyingi bosqichda 64 foiz ovoz bilan g‘olib bo‘ladi.
Le Pen Fransiyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini qo‘llab-quvvatlashi, Makron esa aksincha, u bilan yanada yaqinroq hamkorlik qilishga chaqirishi inobatga olinsa, 7 maydagi ovoz berish Fransiyaning Yevropa Ittifoqida a'zoligi masalasi bo‘yicha o‘ziga xos referendum ham bo‘ladi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maxsus tribunal 20 nafar rossiyalik amaldor ustidan tergovga tayyorgarlik ko‘rmoqda
Jahon | 19:16
-
Harvard universiteti Tramp ma’muriyatini sudga berdi
Jahon | 18:37
-
Soliqdan qochgan tadbirkor ilk marta qo‘lga tushganida zararni qoplab, yengillik olishi mumkin
Iqtisodiyot | 18:13
-
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda
Jahon | 17:44
Mavzuga oid

21:42 / 08.01.2025
Polshada 18 may kuni prezidentlik saylovlari bo‘lib o‘tadi

21:13 / 05.11.2024
Kreml rossiyaparast nomzod mag‘lubiyatidan keyin Moldovadgi prezidentlik saylovlarini «adolatsiz» deb atadi

15:28 / 19.08.2023
«Bizga yana bir ayblov kerak». Nega Trampning reytingi unga qarshi ochilgan ishlar soni bilan birga o‘sib bormoqda?

16:43 / 09.05.2023