Bir necha kun avval Turkiya aholisiga kelgan SMS-xabarda ular kelgusi oydan isitish tizimi uchun to‘lovlardan ozod bo‘lishi ma’lum qilindi. Shu yo‘l bilan hukmron Adolat va taraqqiyot partiyasi (Adalet ve Kalkınma Partisi, AKP — ATP) saylov arafasida saylovchilar moyilligini qo‘lga kiritishga harakat qilmoqda, ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa may oyida isitish tizimidan foydalanmasliklarini pisanda qilishgan, deb yozadi jurnalist Marina Ushakova.

14 may kuni Turkiyaning amaldagi rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an aholining qo‘llovini saqlab qololgani yoki qololmagani ma’lum bo‘ladi. O‘tgan saylovda u 52,5 foiz ovoz to‘plagandi. So‘nggi so‘rovnomalar natijalari manbasiga ko‘ra farq qilib turibdi.

Turkiyadagi eng yirik, bir paytlar muxolif sanalgan, biroq so‘nggi yillarda ATP tarafdorlari nazoratiga o‘tgan Hürriyet onlayn nashri ma’lumotlariga ko‘ra, 2 may holatiga nomzodlarning birortasi birinchi turdayoq g‘olib bo‘lish uchun yetarli 50 foiz ovozni qo‘lga kirita olmaydi. Erdo‘g‘anning imkoniyati biroz yuqori baholangan — 48,6 foiz. Asosiy muxolif nomzod, Jumhuriyat Xalq partiyasi yetakchisi Kamol Qilichdoro‘g‘lining imkoniyatlari 44,1 foizga, «Vatan» partiyasi yetakchisi Muharram Injaniki — 4,3 foizga, to‘rtinchi nomzod — ATA ittifakı o‘ng milliyatchi blok yetakchisi Sinan O‘g‘anning imkoniyatlari esa bor-yo‘g‘i 3 foizga baholanmoqda.

Siyosiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi mustaqil SER-AR kompaniyasi tomonidan 3 may kuni o‘tkazilgan boshqa so‘rovnomalarga ko‘ra, muxolifat mashhurroq: Qilichdoro‘g‘lida — 52,7 foiz, Erdo‘g‘anda — 44,3 foiz, O‘g‘anda — 1,6 foiz, Injada — 1,4 foiz.

Zilziladan keyingi saylovlar

Saylov arafasida hukmron partiya va uning yetakchisi pozitsiyasiga ikki omil qattiq zarba berdi. Birinchisi — 6 fevral kuni mamlakat janubidagi 11 ta viloyatni qamrab olgan kuchli zilzilalar. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, fojia qurbonlari soni 50 mingdan oshgan, jabr ko‘rganlar 15,7 million kishiga yetgan. Ularning bir qismi falokat zonasini tark etib, qarindoshlarining uylariga joylashishgan.

Mamlakat hukumati qutqaruv operatsiyasini yaxshi tashkil etolmaslik va yaxshi o‘tkaza olmaganlikda ayblandi. Ayrim guvohlarga