Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» mag‘lubiyatga munosib emasdi». Rahbariyat sabablar topa boshladi
Madridning «Real» klubi vitse-prezidenti Emilio Butrageno Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Real» va «Barselona» jamoalari uchrashuvidan (2:3) o‘z fikrini bildirdi.
«Real» mag‘lubiyatga munosib emasdi. Ikkala darvozabon ham ajoyib futbol namoyish etishdi. Juda bahsli vaziyatda berilgan qizil kartochkadan so‘ng ham o‘zimizda kuch topib, hisobni tenglashtirdik, ammo «Barselona» yana bir gol kiritishni uddasidan chiqdi.
Juda ham afsusdamiz. Chorshanba kuni bizni yana bir final kutmoqda. Shundoq ekan kurashishda davom etishimiz kerak», — deya Butragenoning so‘zlarini keltiradi Mundo Deportivo.