Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Koreya AQSh bilan yangi harbiy mashg‘ulotlarni muhokama qilmoqda
Foto:Flickr / U.S. Navy/ Z.A. Landers
Janubiy Koreya mudofaa vazirligi AQSh bilan Amerikaning mintaqada bo‘lib turgan aviatashuvchisi "Karl Vinson" (Carl Vinson) ishtirokida o‘z harbiy kemalarining mashg‘ulotini o‘tkazish masalasini muhokama qilmoqda. Mashg‘ulotlar KXDR atrofidagi vaziyatning taranglashgani sababli o‘tkaziladi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Janubiy Koreya mudofaa vazirligi vakili "ayni vaqtda muzokaralar olib borilayotganini aytgan".
Avvalroq, Tinch okeanining g‘arbiy qismida Amerika aviatashuvchisi Yaponiya harbiy-dengiz kuchlari kemalari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlarni o‘tkazayotgani xabar qilingan edi. Ular KXDRning yangi yadroviy hamda raketa sinovlari ehtimoliga nisbatan shunday tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Shu bilan birga, Koreya mudofaa vazirligi vakilining so‘zlariga ko‘ra, Janubiy Koreya va AQSh harbiylari KXDRning ehtimoliy yadroviy sinoviga qarshi shay holatda turibdi.
Mavzuga oid
23:09 / 23.01.2026
AQSh eng yirik giyohvandlik imperiyalaridan birini yaratgan sobiq sportchini qo‘lga oldi
22:44 / 23.01.2026
«Bosh reja bor, "B" reja yo‘q» – AQShning Yangi G‘azo rejasi tafsilotlari
22:37 / 23.01.2026
AQSh rasman JSST tarkibidan chiqdi
19:00 / 23.01.2026