Zidan: «Kallani ishlatish kerak»

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan Ispaniya chempionatining 33-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi uchrashuv (2:3) borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Real»da xursandchilik qilish uchun sabab yo‘q. Juda ko‘p vaziyatlar yaratdik, ammo o‘yin nazoratini qo‘lga ola bilmadik. Hisob 1:0 bo‘lib turganida ustunlikni qo‘lga olmaganimizda har qanday vaziyat yuzaga kelishi mumkin edi. Natijada xafamiz. 10 kishi bo‘lib ham hisobni tenglashtirganingda, darhol kallani ishlatish kerak va butun jamoa bo‘lib himoyalanish talab etiladi.
Biz uchinchi golni urib, g‘alaba qozonib ketishimiz mumkin deb o‘yladik. Natijada orqa chiziqda «Barselona»ga juda katta bo‘sh zona qoldirdik va ular bundan foydalanib, g‘alaba qozonib ketishdi.
Agar menda yana bir bor shu uchrashuvni takrorlash imkoniyati bo‘lganda, asosiy tarkib va zaxira bo‘yicha fikrimni o‘zgartirmagan bo‘lardim. Endi yaxshisi kelgusi uchrashuv haqida o‘ylash kerak», — deya Zidanning so‘zlarini keltiradi Marca.
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh DeepSeek sun’iy intellekt chatbotini Xitoy armiyasiga yordam berishda aybladi
Jahon | 00:24
-
Prezident administratsiyasining qator xodimlari lavozimdan ozod etildi
O‘zbekiston | 23:33 / 23.06.2025
-
Eron AQShning Qatardagi bazalariga raketa zarbalarini berdi
Jahon | 22:55 / 23.06.2025
-
Aziz Mag‘rupov Prezident yordamchisi lavozimidan ozod etildi
O‘zbekiston | 22:28 / 23.06.2025
Mavzuga oid

11:37 / 29.05.2025
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?

16:55 / 23.05.2025
«Real» Karlo Anchelotti ketishini e’lon qildi

19:12 / 18.05.2025
«Cho‘ksang kattaroq dengizda cho‘k». Gulerning onasi, Madriddagi sarguzashtlari va zilziladan omon qolgan muxlisi haqidagi hikoyasi

12:45 / 27.04.2025