Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxonada kontrabanda yo‘li bilan kirayotgan kantselyariya tovarlari ushlab qolindi
O‘zbekistonda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada liberallashtirish, tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, sog‘lom raqobatni kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida hukumat tomonidan izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ammo, ayrim qo‘shtirnoq ichidagi tadbirkorlar mo‘may daromad orttirish maqsadida bojxona nazoratidan yashirib, bojxona chegaralari orqali olib o‘tilayotgan tovar-moddiy boyliklarga tegishli hujjatlarda ma'lumotlarni noto‘g‘ri ko‘rsatib, sog‘lom raqobat muhitiga putur yetkazish kabi holatlar ham uchrab turibdi.

Jumladan, “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida boshqarmaning kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari Xitoydan hususiy tadbirkor A.Mirzayev (maqoladagi barcha ism-shariflar o‘zgartirilgan) nomiga keltirilgan kantselyariya tovarlarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan 39 xil turdagi salkam 850 ming dona turli xil kantselyariya tovarlari borligi aniqlandi. Dastlabki ma'lumotlarga asosan qiymati 300 mln. so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur kantselyariya tovarlari daliliy ashyo sifatida vaqtincha olib qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar bojxona boshqarmasi Axborot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, mazkur bo‘lim xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda Olmazor tumanida olib borilgan tezkor tadbir natijasida fuqaro A.Niyozovning xonadoni amaldagi tartiblarga muvofiq ko‘zdan kechirilganida horijda ishlab chiqarilgan salkam 70 ming dona har xil turdagi qiymati 320 mln. so‘mlik telefon aksessuarlarini hech qanday hujjatlarsiz saqlanayotganligi ma'lum bo‘ldi.

Ta'kidlash joizki, 2017 yilning birinchi choragi davomida respublika bojxona xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 3256 ta bojxona qoidabuzarliklari aniqlanib, qiymati 16,5 mlrd. so‘mdan ortiq bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar daliliy ashyo sifatida olib ko‘yildi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv jarayonlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
09:50
Ichki kiyimga yashirilgan giyohvandlik moddasi saqlovchi kapsulalar aniqlandi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026