Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazm Ma'mun akademiyasi uchun yangi tuzilma tasdiqlandi
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 apreldagi 211-sonli «Xorazm Ma'mun akademiyasining faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori qabul qilindi.
Qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining mintaqaviy bo‘limi - Xorazm Ma'mun akademiyasiga qo‘shimcha vazifalar yuklatildi.
Shuningdek Xorazm Ma'mun akademiyasining tuzilmasi, uning faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.
Bundan tashqari, Xorazm viloyatida ilm-fan bilan bog‘liq barcha ishlarni zamon talablari darajasida muvofiqlashtirish maqsadida Xorazm Ma'mun akademiyasi huzurida Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash tashkil etish to‘g‘risidagi taklif ma'qullandi.
Qarordan kelib chiqib, tegishli davlat organlariga topshiriqlar berildi.

Mavzuga oid
16:23 / 24.06.2026
Xorazmda ham jamoat transportida to‘lovlar to‘liq elektron shaklga o‘tkaziladi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
09:23 / 28.04.2026