Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘iston Saudiya Arabistoni bilan Suriya masalasini muhokama qildi
Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Qayrat Abdraxmanov Saudiya Arabistoniga tashrifi davomida Ar Riyodning Suriya mojarosini hal qilish jarayoniga qo‘shgan hissasini muhokama qildi. Bu haqda respublika TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suriyadagi mojaroni hal qilish bo‘yicha muzokaralar Ostona va Jyenevadagi maydonchalarda faol ravishda olib borilmoqda. 2011 yilning martidan beri qurolli ixtilof ro‘y berayotgan Suriya bo‘yicha navbatdagi uchrashuv Qozog‘iston poytaxtida 3-4 may kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
"Qozog‘iston tashqi siyosat idorasi rahbari Saudiya tomoniga mamlakatimizning BMT Xavfsizlik Kengashidagi faoliyati hamda Ostona jarayonining borishi haqida ma'lumot berdi. Shu nuqtai nazardan, muzokaralarda Ar Riyodning Suriya mojarosini hal qilish jarayoniga qo‘shgan hissasi ham muhokama qilindi", - deyiladi matbuot xizmati xabarida.
TIVda ta'kidlashlaricha, “tomonlarning umumiy fikriga ko‘ra, Suriyadagi mojaroning davom etishi va uni qurol orqali hal qilishga bo‘lgan urinish barcha tomonlar uchun mag‘lubiyat keltiradi”.
Avvalroq Abdraxmanov Qozog‘istonga Suriya bo‘yicha Ostona jarayonida kuzatuvchilar doirasini kengaytirish prinsipial jihatdan muhim ekanini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
19:30 / 21.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
17:30 / 18.01.2026