Jahon | 19:24 / 25.04.2017
8826
1 daqiqa o‘qiladi

2025 yilga kelib Rossiya qurolining 85 foizida mahalliy qismlar bo‘ladi

Foto: RIA "Novosti"

2025 yilga kelib Rossiya qurol-yarog‘ining 85 foizida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlangan qismlar va detallar bo‘ladi. Bu haqda RF prezidenti Vladimir Putin ma'lum qildi.

"Ekspertlar xulosasiga ko‘ra, 2025 yilga kelib import o‘rnini to‘ldirish dasturi tufayli bizning qurol-yarog‘ va texnikamizning 85 foizi Rossiyada ishlab chiqarilgan qismlar va detallar iborat bo‘ladi", - deya aytib o‘tdi Putin Harbiy-sanoat komissiyasi yig‘ilishida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, 2016 yil yakunlariga ko‘ra harbiy-dengiz flotida zamonaviy qurol-yarog‘lar ulushi 47 foizga yetdi.

Putinning ma'lum qilishicha, 2020 yilga qadar Qurolli kuchlar va flotni 70 foizga zamonaviy texnika bilan ta'minlash bo‘yicha vazifa bajarilishi kerak. Uning aytishicha, HDF rivojining asosiy ustuvor jihatlari – bu dengiz strategik yadro kuchlarini mustahkamlash, zamonaviy qurol-yarog‘lar bilan ta'minlashdir.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid