Haydovchi qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha 15 km yo‘l bosib o‘tdi
Shvetsiyadan Daniyaga yo‘l olgan haydovchi qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha hech qanday ko‘ngilsiz hodisalarsiz 15 km yo‘l bosib o‘tdi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda.
Haydovchi mashinasida Daniyadan chiqib, tunnel va Daniya poytaxti Kopengagenni Shvetsiyaning Malme shahri bilan bog‘lovchi Eresunn ko‘prigini hech qanday qoidabuzarliklarsiz o‘tgan. So‘ngra haydovchi ortga burilib, qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha keta boshlagan.
Bundan politsiya xabar topgach, ko‘prik yopilgan va shuning evaziga yo‘l-transport hodisasining oldini olishga muvaffaq bo‘lingan. Politsiya qoidabuzarni faqatgina Kopengagen aeroportida to‘xtatishga muvaffaq bo‘lgan.
Haydovchi mast holatda bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
Eresunn ko‘prigi Shvetsiya va Daniyani ajratib turuvchi ko‘rfaz orqali o‘tgan. Yo‘l Shvetsiya sohilbo‘yidan sun'iy orol Peberxolmgacha ko‘prik orqali ketadi, so‘ngra Kopengagen aeroporti joylashgan Amager oroliga olib boruvchi tunnelga o‘tib ketadi.
2012 yilda britaniyalik pensioner ayol 19 soat davomida mashinani tinimsiz boshqarib, qarama-qarshi yo‘nalish bo‘yicha bir necha kilometr yurib o‘tgandan keyin politsiya tomondan to‘xtatilgan.
Aprel oyida esa politsiya pragalik 37 yoshli haydovchini mast holatda 500 km bosib o‘tganidan keyin qo‘lga olgan. Erkakka bu jinoyati uchun yirik jarima, 1 yil davomida mashina haydashga taqiqlov va bir yillik qamoq jazosi berilishi mumkin.
Mavzuga oid
14:54 / 21.11.2024
O‘zbekiston va Daniya o‘rtasida birinchi siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazildi
22:14 / 19.11.2024
Shvetsiya prokuraturasi Boltiq dengizi tubidan o‘tgan kabellarga shikast yetkazilishini qo‘poruvchilik deb baholadi
22:40 / 05.11.2024
Mudofaa «yashil energetika»ga qarshi: Shvetsiya 13 ta shamol generatori qurilishiga ruxsat bermadi
21:04 / 05.11.2024