23:18 / 26.04.2017
22622

AQShning zarba beruvchi kemalari Shimoliy Koreya raketalarini urib tushira olmaydi

Foto: navy.mil

Hozirda Shimoliy Koreya sohillariga yaqinlashayotgan, Carl Vinson aviatashuvchi kemasi boshchiligidagi AQShning zarba beruvchi kemalar guruhi ballistik raketalarni urib tushira olmaydi, deb yozmoqda Bloomberg axborot agentligi. 

Tamahawk qanotli raketalari va kemalarga qarshi raketalar bilan jihozlangan hamda bortida Super Hornet qiruvchi samolyotlarini olib ketayotgan Carl Vinson kemasi raketalarga qarshi mudofaani ta'minlay olmaydi. 

Kemani Wayne E. Meyer va USS Michael Murphy esminetslari hamda Lake Champlain kreyseri kuzatib bormoqda. Axborot agentligining ta'kidlashicha, bu kemalardan birortasi uzoq masofalarga mo‘ljallangan ballistik raketani kuzatuvchi Aegis tizimlari yoki SM-3 ushlab oluvchi raketalari bilan jihozlanmagan.

AQShning bu kemalar guruhiga qo‘shilgan Ashigara va Samidare yapon esminetslari ham raketalarga qarshilik ko‘rsatish imkoniyatiga ega emas.

Top