Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat raqobat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi
Joriy yilning 26 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori bilan Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Sayfitdin Xafizovich Gafarov o‘z vazifasidan ozod etildi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Ma'lumot o‘rnida: O‘zbekiston Prezidentining 18 apreldagi farmoni bilan Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi etib qayta tashkil etilgan edi.
21 aprel kuni esa Prezident farmoni bilan mazkur qo‘mitaga G‘ulomov Ravshan Ayubovich rahbar etib tayinlangandi.
Mavzuga oid
09:01 / 02.06.2026
Raqobat qo‘mitasi tadbirkorlarni xavf darajasi bo‘yicha baholaydi
20:20 / 25.05.2026
Raqobat qo‘mitasi Centrum Air va Qanot Sharq reyslaridagi kechikishlar bo‘yicha so‘rov yubordi
11:48 / 21.05.2026
OLX onlayn reklama bozorida ustun mavqega ega deb topildi
10:50 / 18.05.2026