Özbekiston Prezidentining 18 apreldagi farmoni bilan Xususiylaştiriş, monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi örnida taşkil etilgan Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasiga rahbar tayinlandi.

«Kun.uz» manbasi bergan ma'lumotga köra, prezident farmoni bilan bu lavozimga Ğulomov Ravşan Ayuboviç tayinlangan. Uni qömita xodimlariga boş vazir Abdulla Aripov taniştirgan. (Qömita endilikda boş vazir kompleksi tarkibida hisoblanadi, avval boş vazir örinbosari Rustam Azimov nazoratidagi kompleksda bölgan —tahririyat).
U şu kunga qadar Özbekiston Respublikasi Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasi ijroçi direktori lavozimida faoliyat körsatib kelayotgandi.
Qömitaga 2014 yildan buyon rahbarlik qilgan Davron Hidoyatov ötgan haftada ötkazilgan videoselektor vaqtida işdan olingan, köp ötmasdan Çilonzor tumaniga hokim etib tayinlangandi.











