Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ivanka Tramp Suriyaga zarba berish bo‘yicha otasiga ta'sir ko‘rsatganini rad etdi
AQSh prezidenti Donald Trampning yordamchisi hisoblanuvchi qizi Ivanka Tramp Germaniyaga safari chog‘ida otasining Suriyaga zarba berish qaroriga ta'sir ko‘rsatmaganini bildirdi. 7 aprel kuni Donald Tramp Suriyaning Xoms viloyatidagi hukumat aviabazasiga raketa zarbasi berish xususida ko‘rsatma bergan edi. Ivanka so‘zlaridan ABC telekompaniyasi iqtibos keltirmoqda.
"Bu noto‘g‘ri tushunish bo‘lgan", - degan Ivanka Berlinda jurnalistlar bilan uchrashuvda. U Suriyada kimyoviy qurol foydalangani haqidagi Amerika OAV xabarlaridan so‘ng, otasidan ushbu mamlakatga zarba berishni so‘ragani xususidagi xabarlarni shunday izohladi. Shu bilan birga, prezident qizi "o‘ylaymanki, bizlar ko‘rgan lavhalarga qarashdan so‘ng unga munosabat bildirmaslik, chuqur hissiyotga berilmaslik mumkin emas".
Ivanka Tramp, shuningdek, prezident maslahatchisi sifatida Vashington nimalar qilishi mumkinligiga doir o‘z fikrlarini bildirgan, xolos. Biroq, bu fikr o‘sha vaqtda Amerika yetakchisi xulosasiga mos kelgan.
Bundan avvalroq, AQSh prezidentining o‘g‘li Erik Tramp The Telegraph nashriga bergan intervyusida, Ivanka otasining Suriyaga zarba berishida katta ta'sir ko‘rsatganini uqdirgan edi. Independent gazetasi esa, Tramp qizining qarashi bu masalada hal qiluvchi o‘rin tutgani haqida yozgandi.
Eslatib o‘tamiz, AQSh qurolli kuchlari 7 aprelga o‘tar kechasi Amerika prezidenti buyrug‘iga binoan Suriyaning Xoms viloyatidagi harbiy aerodromga 59ta qanotli Tomahawk raketalarini uchirgan edi. Vashington bu amaliyotni 4 aprel kuni ehtimoliy kimyoviy qurol qo‘llanilganiga javob deb atadi.
Mavzuga oid
19:05
Yangi davr urushlari: nimalar o‘zgardi, maqsadlar-chi?
11:32
Apacheʼni “qulatgan” iroqlik dehqon – Amerika harbiy vertolyotini miltiqda urib tushirib bo‘ladimi?
22:21 / 17.07.2026
Urush yana qaytalandi. Nega?
20:40 / 17.07.2026