Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh bugun qit'alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazadi
AQSh harbiy-havo kuchlari chorshanba kuni Minuteman III qit'alararo ballistik raketani sinovdan o‘tkazadi. U mamlakat strategik yadro kuchlarining asosi hisoblanadi, deb xabar bermoqda Washington Examiner nashri.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, raketa AQSh yadro imkoniyatini ko‘rsatib berish maqsadida mamlakat HHKning Kaliforniyadagi Vandenberg bazasidan uchiriladi.
Qo‘shma Shtatlar HHK global zarbalar Qo‘mondonligi vakilining ma'lum qilishicha, bu sinov bir yil avval rejalashtirilgan bo‘lib, u Koreya yarim orolidagi vaziyat bilan bog‘liq emas.
"Minuteman III’ni uchirish bizning milliy yadro kuchlarimiz maqomini tekshirish, shuningdek, yadro imkoniyatlarimizni ko‘rsatib berish uchun kerak", - deya ma'lum qildi raketani uchirish haqida buyruq beradigan polkovnik Jon Moss.
Ma'lumotlarga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarda hammasi bo‘lib 450 ta Minuteman III raketasi bor, ular kamida 2020 yilgacha qurolli kuchlar zaxirasida bo‘ladi.
Raketalar 12 ming kilometr radiusdagi nishonni aniq mo‘ljalga olishi mumkin. Ular Vayoming, Shimoliy Dakota va Montana shtatlaridagi bazalarda joylashtirilgan.
Mavzuga oid
10:35
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
10:00
Tramp qo‘llagan nomzod Kolumbiya saylovida yetakchilik qilmoqda
09:45
AQSh, Eron va Livan ishtirokida maxsus tartibga solish guruhi tuziladi
09:28