Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya FXX rahbari: IShID global terrorchilik tarmog‘i tashkil etishga urinmoqda
IShID va "Jabhat-an-Nusra" guruhlari o‘zlarining mag‘lub bo‘lishlarini his qilgan hollarida usullarini o‘zgartirishdi va amalda yangi global terrorchilik tarmog‘i tashkil etildi. Rossiya federal xavfsizlik xizmati direktor Aleksandr Bortnikov Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha Moskva konferensiyasida shunday fikrni ilgari surdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
"Yirik xalqaro terrorchilik guruhlar, xususan IShID va "Jabhat-an-Nusra" rahbarlari hamda avval faoliyat yuritgan "Al-Qoida" kabi guruhlarning qoldiqlari, batamom yo‘q qilinishini sezganlari holda o‘z siyosatlarini o‘zgartira boshlashdi. Jumladan, ular jangarilarini Afg‘oniston, Yaman va Afrika qit'asining ichkarisiga tashlamoqda. Bu yerlarda yangi bazalari va lagerlarini barpo etmoqda. Gap yangi keng qamrovli terrorchilik tarmog‘i haqida bormoqda", — degan Bortnikov.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026