Jahon | 16:02 / 26.04.2017
8533
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni podshohi Rossiyaga tashrif buyuradi

Foto: Reuters

Saudiya Arabistoni podshohi Salmon ibn Abdul Aziz al-Saud Rossiyaga tashrif buyurish taklifini qabul qildi. Ayni vaqtda uning tashrifi muddati muhokama qilinmoqda. Bu haqda Saudiya podshohligi tashqi ishlar vaziri Odil al Jubayr ma'lum qildi. U rossiyalik hamkasbi Sergey Lavrov bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot anjumanida shu haqda bayonot berdi.

"Podshoh tashrifiga doir masalada shuni aytish mumkinki, taklif kelib tushdi, - degan u. – Bu taklif qabul qilindi va ayni vaqtda ushbu tashrifni amalga oshirish uchun ikki tomonga maqbul bo‘lgan muddat muhokama qilinmoqda".

O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Lavrovning yodga olishicha, Federatsiya kengashi raisi Valentina Matviyenkoning yaqinda Ar-Riyodga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida mamlakat podshohi "RF prezidenti Vladimir Putinning taklifidan foydalangan holda unga qulay fursatda Rossiyaga borishini" tasdiqlagan edi.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid