11:26 / 26.04.2017
3387

Tramp kompaniyalar soliqlarini 15 foizgacha pasaytirmoqchi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Tramp kompaniyalar uchun solinadigan korporativ soliqlar miqdorini 39,6 foizdan 15 foizgacha pasaytirish taklifini ilgari surmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilayapti

Tramp, shuningdek, kompaniyalarning xorijda olgan daromadlarini mamlakatga qaytarishlari uchun soliqlarni 10 foiz etib belgilashni rejalashtirmoqda. 

Avvalroq, Tramp 26 aprel kuni mamlakatda soliq islohoti boshlanishini e'lon qilishi haqida aytgan edi. 

Shu bilan birga, u moliyaviy muvofiqlashtirish va soliqlarni qayta ko‘rib chiqishga doir farmonni imzolagan edi. 

Top