Jamiyat | 10:14 / 27.04.2017
9163
1 daqiqa o‘qiladi

Boshpana muammosi: yaponiyalik 3 yil hojatxonada yashadi

Foto: Usuki municipal government

Yaponiyaning Oita prefekturasi Usuki shahrida bir necha yil mobaynida jamoat hojatxonasida yashirinib kelgan kishi qo‘lga olindi, deb xabar qilmoqda BBC News.

Binoning chiqish qiyin bo‘lgan tomi turarjoyga aylantirib olinganini ta'mirlash ishlarini olib borayotgan elektrik aniqlagan. Ehtimol erkak u yerga hojatxona shiftidagi 50 smli tirqishdan chiqqan. 

Tomni ko‘rib chiqqan davlat xizmatchisining ta'kidlashicha, u yerda yashagan kishi tozalik va tartibga rioya qilgan. Turarjoyda gaz plitasi, elektr isitgich, kiyimlar va bir necha yuzta shisha idishlar topilgan. 

O‘zini politsiyachi deb tanishtirgan yaponiyalik 3 yil avval jamoat hojatxonasi tom qismiga, avval yashagan odam bu yerni tark etgach, ko‘chib o‘tganini bildirgan. Bu voqeadan so‘ng, Usuki huquq-tartibot idoralari shahardagi barcha jamoat hojatxonalarida tintuv o‘tkazib, ularda hech kim yashamayotganini aytishdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid