Jahon | 17:18 / 27.04.2017
10401
1 daqiqa o‘qiladi

Moskvada spirtli ichimliklar sotuvi vaqtinchalik taqiqlanadi

Foto: RIA "Novosti"

1, 8 va 9 may kunlari Moskvada ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda spirtli ichimliklar sotuvi taqiqlanadi, pivo hamda shisha butilkalardagi salqin ichimliklar ham shular jumlasidandir. Bu haqida Moskva meriyasi saytida xabar berildi

Taqiqlov shuningdek ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylar yaqinidagi do‘konlarga ham taalluqli. 

"Spirtli ichimliklar savdosini cheklash choralarining ko‘rilishi ko‘ngilsizliklar, shuningdek noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish uchun zarur", - deya izoh beradi Moskva shahrining Mintaqaviy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurashish departamenti rahbari Vladimir Chernikov. 

Moskva shahrida yirik bayram tadbirlari vaqtida spirtli ichimliklar sotuvini taqiqlash an'anaga aylandi. Xususan, joriy yilning 23 fevral kuni hamda yangi yil bayram tantanalari davomida ham xuddi shunday taqiqlov kiritilgan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid