Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarada 14 ta avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi: jabrlanganlar orasida o‘zbekistonliklar bor
Rossiyaning Samara shahri yaqinida 14 ta avtomobil to‘qnashib ketdi. Oqibatda besh kishi jarohat oldi, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarolari. Bu haqda RIA Novosti mintaqa tezkor xizmatlardagi manbaga asosan xabar berdi.
"Avtomobil yo‘lining 965-kilometrida 14 ta avtotransport vositasi to‘qnashib ketdi. Besh kishi jarblandi, ularning ikki nafari O‘zbekiston fuqarosi", - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.
Manbaning so‘zlariga ko‘ra, jabrlanganlarning barchasi o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Mavzuga oid
16:44 / 29.06.2026
Andijonda Malibu piyodalar yo‘lidan o‘tayotgan uch kishini urib ketdi
13:57 / 25.06.2026
«Andijon polkasi» tadbiriga ketayotgan o‘quvchilar YTHga uchradi
18:50 / 24.06.2026
Avtomobil tezligini avtomatik cheklaydigan tizim sinovlardan o‘tolmadi
20:30 / 23.06.2026