Jamiyat | 10:18 / 27.04.2017
4851
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahar hokimligi yoshlarni birlashtirish yo‘lida tadbirlar o‘tkazmoqda

2017 yil 27 aprel kuni “Turkiston” saroyida o‘quvchi yoshlarning “Birlashib, biz – katta kuchmiz!” shiori ostida bo‘lib o‘tadigan tarbiyaviy, ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbiri mamlakatda yoshlarga bo‘lgan katta e'tiborning yorqin namunasi hisoblanadi, deb xabar bermoqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati

Shahar hokimligi tashabbusi bilan o‘tkazilayotgan ushbu tadbirga Xalq ta'limi bosh boshqarmasi, O‘rta maxsus kasb-hunar ta'limi boshqarmasi tizimidagi ta'lim muassasalarida ta'lim olayotgan o‘quvchilar jalb etilgan. 

Tadbir mamlakatda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni o‘zida mujassam etib,  yoshlar kayfiyatiga bayram shukuhini ulashuvchi va o‘z taqdirini Vatan taqdiri bilan bog‘lagan, o‘zini shu yurtning sodiq farzandi deb bilgan barcha yoshlarni Ona Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga xizmat qiluvchi  yoshlar festivali ko‘rinishini oldi.

Unda o‘smir yoshlarning yutuqlari va iqtidorini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar tashkil etiladi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini aks ettiruvchi stendlar namoyish etiladi. Tadbirga tashrif buyurgan yoshlar uchun taniqli kino, teatr akterlari va san'atkorlari bilan fotosuratga tushish imkoni yaratiladi. Saroy foyesida kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Shuningdek, tadbir doirasida yoshlar orasida turli salbiy illatlar, internet va kompyuter o‘yinlarining salbiy oqibatlari yorqin misollar bilan ochib beriladi. Ularni turli xavf-xatarlardan asrash, tinchliksevar va vatanparvalikni targ‘ib qilish, ilm va kasb-hunarga intilishini oshirishga qaratilgan videofilm namoyish etiladi.

Bu kabi tadbirlar joriy yilning iyun oyida shaharning barcha tumanlarda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid