Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Qrim bilan chegarada harbiylari sonini ko‘paytirmoqda
Kiyev hukumati Qrim chegaralarida harbiy qismlarni ko‘paytirmoqda. Bu haqda Qrim hukumati a'zosi Zaur Smirnov xabar bergan.
Smirnovning ta'kidlashicha, ishonchli manbalar orqali olingan ma'lumotlarga ko‘ra, Ukraina armiyasi shu hafta Qrim bilan chegara yaqinida navbatdagi harbiy mashqlar o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu safar suvdagi to‘siqlardan o‘tish bo‘yicha mashg‘ulotlar olib boriladi. Shu bilan birga, yarim orol hukumatini hech kim bu haqda xabardor etmagan.
"So‘nggi oyda turli harbiy guruhlar jalb etilgan holda bir necha mashqlar bo‘lib o‘tdi. Biz buni chegarada xavotirli vaziyatni yuzaga keltirishga urinish, deb baholaymiz", - deya aytib o‘tgan Smirnov RIA Novosti’ga.
Ukraina Qurolli kuchlarining “Janub” qo‘mondonligida keyinchalik Qrim bilan chegaradosh bo‘lgan Xerson viloyatida alohida dengiz-piyoda brigadasining jangovar mashqlari boshlanishi tasdiqlandi.
Smirnovning so‘zlariga ko‘ra, Kiyev qurollarini ko‘rsatgan holda quruqlikdan ham, dengizdan ham ishonchli himoyalangan qrimliklarni va joriy yilda yarim orolga borishni istagan sayyohlarni qo‘rqita olmaydi.
"Qrim shuningdek, ukrainalik turistlar uchun ham ochiq", - deya ta'kidlab o‘tgan agentlik suhbatdoshi.
Mavzuga oid
21:23 / 21.06.2026
Ukraina zarbalaridan keyin Sevastopol elektrsiz qoldi
13:34 / 21.06.2026
Qrimda benzin sotish to‘xtatildi
11:35 / 21.06.2026
Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish
22:13 / 19.06.2026