Jahon | 11:35
595
2 daqiqa o‘qiladi

Kapotnyadagi zavodga zarba oqibatlari. Kosmosdan ko‘rinish

Planet Labs / Exilenova+

Planet Labs kompaniyasi Ukraina qurolli kuchlarining Kapotnyadagi Moskva neftni qayta ishlash zavodiga qilgan hujumi oqibatlarini kadrlarga muhrladi. Ushbu servisning sun’iy yo‘ldosh orqali olingan yangi suratlarini 20 iyun kuni «Ozodlik radiosi» va Ukrainadagi Supernova+ va Exilenova+ monitoring kanallari e’lon qilishgan. Fotosuratlarda rezervuardagi jiddiy shikastlanishlar yaqqol ko‘ringan (hujum chog‘ida uning tomi havoga uchib ketgandi). OSINT-tahlilchilar fikricha, portlashga ukrainlar droni zarbasi emas, Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimi raketasi kelib urilishi sabab bo‘lgan. Shuningdek, AVT-6 neftni dastlabki qayta ishlash qurilmasida shikastlanishlar ko‘zga tashlanadi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, aynan shu «Euro+» neftni qayta ishlash bloki hujum paytida ishdan chiqarilgan. «Sadovod» bozori hududida ham yong‘in izlarini ko‘rish mumkin. Ukraina dronlarining 18 iyun kuni Moskva shahri va Moskva oblastiga qilgan hujumi urush boshidan buyon eng yirigi bo‘lgandi.

Kapotnyadagi neftni qayta ishlash zavodida hujumdan shikastlangan rezervuar, uning yonida uchib ketgan tom qismi yotibdi
Planet Labs / Exilenova+
AVT-6 neftni birlamchi haydash qurilmasi
Planet Labs / Supernova+
«Sadovod» bog‘i
Planet Labs / Exilenova+
Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid