Sport | 21:49 / 28.04.2017
8967
1 daqiqa o‘qiladi

2016 yilning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Qarshining «Nasaf» klubi bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev 2016 yilda O‘zbekistonning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar tarqatdi.

«Lokomotiv» bilan O‘zbekiston chempioni va  mamlakat Kubogi sohibiga aylangan Andrey Miklyayev ikkinchi o‘rinni, O‘zbekiston U-19 termasi bilan Osiyo chempionatida ishtirok etib, chorak finalga qadar yetib borgan Jasur Abduraimov uchinchi o‘rinni egalladi.

Eng yaxshi murabbiylar kuchli uchligi quyidagicha ko‘rinish oldi:

1. Ro‘ziqul Berdiyev («Nasaf») – 32 ochko
2. Andrey Miklyayev («Lokomotiv» Toshkent) – 23 ochko
3. Jasur Abduraimov (O‘zbekiston U-19) – 13 ochko

Ovoz berish jarayonida quyidagi OAV tashkilotlari hamda jurnalistlar (blogerlar) va klublar matbuot xizmati* ishtirok etdi.

Mavzuga oid