23:51 / 28.04.2017
22145

«Barselona»ning yozgi transferlardagi asosiy nishoni aniq bo‘ldi

«PSJ» yarimhimoyachisi Marko Verratti «Barselona»ning yozgi transferlar vaqtidagi eng asosiy transfer rejasi bo‘lib qolmoqda.

El Mundo Deportivo nashri bergan xabarga ko‘ra, italiyalik futbolchining agenti Donato Di Kampli ikki marta «Kamp Nou»ga kelgan va ko‘k-anorranglilar rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazgan.

Di Kampli uchrashuv davomida aynan kataloniyaliklar futbolchini asosiy transfer rejasi sifatida ko‘rayotganiga ishonch hosil qilgan. Futbolchining o‘zi ham agar «PSJ»ni tark etadigan taqdirda faqatgina «Barselona» ga o‘tishni va bu karerasida o‘sish bo‘lishini bildirgan.

Bundan tashqari Verratti «Barsa»ga o‘tgan taqdirda jamoada qancha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishiga ham qiziqqan.

Top