19:18 / 28.04.2017
14460

"BelAZ" g‘ildiragi yengil avtomobilning pachog‘ini chiqardi (video)

Rossiyaning Kemerovo viloyatida, Kiselevsk shahridagi Vaxrushev avtobazasi xodimlari "BelAZ" yuk mashinasining katta o‘lchamli g‘ildiragini dam berishga qo‘yib, uni unutib qoldirganlar. Oqibatda g‘ildirak keragidan ortiq shishib ketib, oxir-oqibat yorilgan.  

G‘ildirak havoga uchib, sal narida turgan yengil avtomobilning ustiga tushgan va uning pachog‘ini chiqargan. Xayriyatki, mashina ichida hech kim bo‘lmagan. Ushbu holat tasvirlangan video internetda paydo bo‘ldi.

Top