Voqea 15 yanvardan 16 yanvarga ötar keçasi sodir bölgan. Öğrilik voqea sodir bölgan joy yaqinidagi köp qavatli uyga xizmat körsatadigan şirkat nazorat kamerasiga tuşib qolgan. Kameradagi tasvirlarni körgan maşina egasining aytişiça, öğrilikni 3 kişi amalga oşirgan. Maşina ğildiraklarini yeçişni 00:27 da boşlagan öğrilar 4 ta ğildirakni 27 daqiqa içida yeçib olgan.
Yeçib olingan ğildiraklar ostiga esa beton blok qöyib ketilgan. Öğrilikni sodir etgan şaxslar kulrang Nexia 2 maşinasida harakatlangan. Bu ulovning harakati şirkat kamerasidan taşqari boşqa bir neçta kameralarda ham köringan.

Haydovçi bloklar kuzov qismiga kamida 3 million sömlik zarar yetkazgani, 4 ta yangi ğildirak esa 5 million söm atrofida baholanişini aytmoqda. Cobalt maşinasi 2022 yil may oyida sotib olingan.
Holat böyiça Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi «g» bandi bilan jinoiy iş oçilgan. Ammo öğrilar hamon topilgani yöq.

















