Sobiq ittifoq hududida yagona bölgan “BelAZ” bu segmentda öz örnini nafaqat saqlab qolgani, balki rivojlantira olgani tahsinga sazovor. Çunki işlab çiqaruvçilar soniga barmoqlar yetarli bölsa-da, jahonda bu sohada raqobat juda kuçli. Zero bu maşinalarni olib işlata biluvçi xaridorlar ham sanoqli.
Asosan AQŞ va Yaponiya yetakçilik qilib kelgan bu sohaga sönggi yillarda Xitoy ham faol kirib kelmoqda.
Agar yengil avtomobillar asosan taşqi körinişi, qulayligi va tejamkorligi kabi jihatlariga qarab baholansa, bahaybat samosvallarni tanlaşda asosan yuk kötara oliş, çidamlilik va zarur joyga ularni yetkazib keliş kabi tomonlariga qaraladi. Çunki bu avtomobillar biz bilgan yöllarda yura olmaydi, ularni kötaruvçi kranlar ham juda kam, umuman, toğlardagi konlarga yetkazib keliş ança xarajatni talab qiladi.
Savol tuğiladi – nega şunça qimmat bitta maxsus avtomobilda yuk taşigunça önlab kiçik yuk taşuvçilardan foydalaniş mumkin emas? Axir yonilği sarfi, ehtiyot qismlar, avtomobil narxi kabi omillar baribir katta farq qilmaydi-ku? Ötgan asrning oltmişinçi yillariga qadar ham toğ-kon sanoatida asosan nari borsa 20-30 tonna yuk taşuvçi avtomobillar xizmat qilgan. Ammo keyinçalik sanoat hajmi keskin oşa boşlagan, qazib oluvçi texnika yiriklaşa boşlaşi oqibatida taşuvçi texnikaga ham ehtiyoj köpaya borgan.
Konlar çuqurlaşgan, ulardagi yöllarda qatnov çeklangan, kiçik avtomobillar tiğiz qatnov tugul umuman yura olmay qolişgan. Eng muhimi – bir tonna yukni taşib oliş samaradorligi va xarajati böyiça bahaybat avtomobillar yagona vosita ekanligi ilmiy jihatdan isbotini topadi. Faqat ular bayramlar, dam oliş kunlariga qaramay uzluksiz işlatişga ham çidagan, ham bunça pulga olingandan keyin tindirilmagan.
Katta samosvallar reytingiga qaralsa, nima uçun faqat eng köp yuk taşuvçi yetakçilar rivojlanib ketib, boşqalar öyindan çiqmagan, degan savol ham tuğilişi tabiiy. Gap şundaki, köp yuk taşiy biliş muhim bölsa-da, bir jihat xolos. Konçilar öz qazilma boyliklari turiga (masalan, kimgadir katta hajmda, lekin yengil bölgan kömir, kimgadir kiçik hajmda, lekin juda oğir xarsang taşiş muhim), masofaga, oldingi texnika parki va doimiy şartnomalar kabi jihatlarga köra xarid qiladilar. Qolaversa, bahaybat texnikalar xaridi şu qadar jiddiy masalaki, buning uçun davlatlararo aloqalar ham juda muhim.
Bugungi kunda katta avtomobillar orasida yetakçilar quyidagilar:
Hitachi EH50000AC-3





















