Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makedoniya prezidenti siyosiy kuchlarni muloqotga chorladi
Makedoniya prezidenti yuzaga kelgan taranglikni bartaraf qilish maqsadida mamlakat siyosiy kuchlarini muloqotga chorladi. Ziddiyatning yuzaga kelishiga asli kelib chiqishi albaniyalik bo‘lgan Tal'at Ja'fariyning mamlakat parlamenti spikeri etib tayinlanishi sabab bo‘ldi. "Anadolu" agentligi shu haqidagi ma'lumoti bilan bo‘lishdi.
Davlat rahbarining bayonoti poytaxt Skopeda ro‘y bergan tartibsizliklar fonida jarangladi. Gap shundaki, namoyishchilar guruhi oliy qonunchilik organi binosiga bostirib kirgan. Jabrlanganlar orasida parlament deputatlari ham bor.
Prezident aholini tinchlik saqlashga chaqirar ekan, bu vaziyatdan Makedoniyaning dushmanlari foydalanib qolishi mumkinligidan ogohlantirdi. "Yolg‘on xabarlarga ishonish kerak emas. Bunday provakatsiyalar va fuqarolar kayfiyatini boshqarishga urinuvchilarga qarshi chiqish muhim. Sizlarni keskinlikni kamaytirish, zo‘ravonlikning oldini olish, qonunchilikni hurmat qilishga chaqiraman", - dedi Ivanov.
U Makedoniyaning muammolarini tashqaridan birov kelib hal qilmasligini ta'kidladi.
Mavzuga oid
17:38 / 16.06.2026
Ziroat Mirziyoyeva Albaniya birinchi xonimi Armanda Begay bilan uchrashdi
13:27 / 16.06.2026
Toshkentda O‘zbekiston–Albaniya sammiti bo‘lib o‘tdi
08:49 / 16.06.2026
Albaniya prezidenti rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonga keldi
20:32 / 03.06.2026