Köksaroy qarorgohida bölib ötgan muzokaralarda ikki davlat örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari körib çiqildi.
Davlat rahbari Şavkat Mirziyoyev mazkur sammit Özbekiston va Albaniya munosabatlari tarixida birinçi marta ötkazilayotganini ta’kidlab, uning ikki tomonlama şeriklikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqişda muhim ahamiyat kasb etişini qayd etdi.

Uçraşuvda sönggi yillarda siyosiy muloqot va turli darajadagi aloqalar faollaşgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tomonlar BMT hamda boşqa xalqaro taşkilotlar doirasida bir-birini qöllab-quvvatlab kelayotganini ta’kidladilar.
Muzokaralarda tovar ayirboşlaş hajmini oşiriş, agrosanoat majmui, “yaşil” energetika, geologiya, axborot texnologiyalari va raqamlaştiriş, turizm kabi sohalarda keng kölamli kooperatsiya dasturini işlab çiqiş masalalari muhokama qilindi.

Şuningdek, Özbekiston mahsulotlarini Janubiy Yevropa va Örta Yer dengizi bozorlariga yetkazib berişda Albaniyaning Durres portidan logistika habi sifatida foydalaniş imkoniyatlarini örganişga kelişib olindi.
Tomonlar iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikning huquqiy bazasini kengaytiriş muhimligini ta’kidlab, Hukumatlararo komissiya taşkil etiş va uning birinçi yiğilişini joriy yilda Toşkent şahrida ötkazişga kelişib oldi.

Madaniy-humanitar sohada özaro Madaniyat kunlari, kino namoyişlari, körgazmalar va ijodiy safarlarni taşkil etiş böyiça taşabbuslar qöllab-quvvatlandi.
Uçraşuv yakunida yetakçilar mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşdi.












