Albaniya prezidentining rasmiy taşrifi doirasida 16 iyun kuni Toşkentdagi Köksaroy qarorgohida Özbekiston birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva hamda Albaniya birinçi xonimi Armanda Begay uçraşuvi bölib ötdi.

Oçiq va samimiy muloqot ruhida ötgan uçraşuvda ikki davlat rahbarlari rafiqalari Özbekiston va Albaniya xalqlari örtasidagi döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, şuningdek, madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalarini muhokama qildi.

Madaniy dastur davomida oliy martabali mehmon özbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, jumladan, yoğoç öymakorligi, qadimiy sözana kaştaçiligi texnikasi hamda an’anaviy kulolçilik buyumlari bilan tanişdi.

Dasturning yorqin lahzalaridan biri an’anaviy özbek liboslari namoyişi, şuningdek, mamlakatimizning turli hududlariga xos jihatlarni aks ettirgan «Kelin salom» marosimi taqdimoti böldi.
Oliy martabali mehmon özbek xalqining milliy an’ana va urf-odatlariga samimiy qiziqiş bildirib, ularning çuqur tarixiy ildizlari, gözalligi va betakrorligini alohida ta’kidladi.














