Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Matviyenko: Rossiya Asadni himoya qilayotgani yo‘q
Rossiya Federatsiyalar Kengashi raisi Valentina Matviyenkoning RIA Novosti'ga bergan intervyusida ma'lum qilishicha, Rossiya Suriya prezidenti Bashar Asadni “shaxs sifatida” himoya qilayotgani yo‘q.
“Biz Bashar Asadni shaxs sifatida himoya qilayotganimiz yo‘q, bizning maqsad bu emas. Biz xalqaro huquq, BMT Nizomiga qat'iy rioya etilishi tarafdorimiz. Ularda boshqa davlatlar ishiga tashqaridan aralashishga yo‘l qo‘yilmaslik kerakligi aniq yozib qo‘yilgan”, - deya aytib o‘tdi u.
Matviyenkoning ta'kidlashicha, bunday aralashish nimalarga olib kelishini Iroq, Liviya va boshqa mamlakatlar misolida ko‘rish mumkin.
“Mushaklarni, kuchni ko‘rsatish – AQSh aviatsiyasining Suriya HHK aviabazasiga zarba berganida ro‘y bergan holatdir. O‘ylab topilgan sabablar bilan tashqaridan turib bostirib kirish bo‘yicha harakatlar amalga oshmoqda”, - deya qayd etib o‘tgan Rossiya Federatsiyalar Kengashi spikeri.
Avvalroq Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putin Suriya yetakchisi Bashar Asadning advokati emasligi haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026