Jahon | 16:00 / 28.04.2017
3545
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp Saudiya Arabistoni va Isroilga safar uyushtirishga taraddud ko‘rmoqda

Foto: AP

AQSh prezidenti ma'muriyati Donald Trampning Saudiya Arabistoni va Isroilga safar uyushtirishi imkoniyatini ishlab chiqmoqda. Trampning o‘zi bu davlatlarga mayning ikkinchi yarmida tashrif buyurishi mumkinligini Reuters axborot agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi. 

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis o‘tgan haftada Saudiya Arabistoni, Misr, Isroil, Katar va Jibutiga safar uyushtirdi. Mettis Ar-Riyodda o‘tgan matbuot-anjumanida AQSh prezidenti Tramp yaqin orada Saudiya Arabistoniga kelishi mumkinligini aytgan. Mettis qirol Salmon ibn Abdulaziz al-Saud tomondan qabul qilingan. Uchrashuvda valiahd shahzoda Muhammad ibn Naif al-Saud va mudofaa vaziri Odil al-Jubayr ishtirok etgan.

Fevral oyida Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Yaqin Sharqdagi vaziyatni tinchlik bilan hal qilish uchun "yirikroq bitim"ga erishish istiqbollarini muhokama qilishayotganini ma'lum qilgandilar. Netanyaxu Trampga Isroilga kelishni taklif qilgan. U MSNBC telekanali jurnalistlariga bergan intervyusida Tramp bu taklifga qanday javob berganini aytishni istamagan, biroq Oq uy rahbari uning taklifini qabul qilishini aytgan.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid