Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbek chegarachilari 24 mlrd so‘mdan ortiq mahsulotning noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi
O‘zbekiston Respublikasi MXX Davlat chegaralarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan 24 mlrd so‘mdan ortiq tovar-moddiy boyliklarning chegaradan noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi. Bu haqda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan brifingda MXX Matbuot markazi katta xodimi Lola Yulchibayeva ma'lum qildi.
Xususan, 890 gr simob, 73 tonna 164 kg rangli metall, 34 ming 53 metr gazlama, 2 ming 235 bosh chorva mollari, 169 tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, 101 tonna oziq-ovqat mahsulotlari, 37 ming 397 litr yoqilg‘i-moylash mahsulotlari, 152 tonna mineral o‘g‘itlar, 225,5 mln so‘mlik kiyim-kechak, 1 mlrd 40 mln so‘mlik tele-, audiouskunalarning olib o‘tilishiga chek qo‘yildi.
MXX Matbuot markazi rasmiy vakilining so‘zlariga ko‘ra, turli tovar-moddiy boyliklarning katta qismi O‘zbekistonga Qirg‘izistondan olib kirilmoqda. Noqonuniy olib o‘tilayotgan tovar-moddiy boyliklar bir partiyasining o‘rtacha qiymati 8-12 mln so‘mni tashkil etadi.
Shu bilan birga, kontrabandachilar tovar-moddiy boyliklarni o‘ta yirik miqdorda olib o‘tishga ham urinishlar uchrab turadi. Jumladan, 2016 yil 14 yanvar kuni Qirg‘izistondan jami 350 mln so‘mlik kontrabanda dori vositalari va tele-, audioqurilmalar olib kirilishiga barham berildi.
Mavzuga oid
21:53 / 26.02.2026
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistondan Rossiyaga reeksport ustidan nazoratni kuchaytirishni talab qildi
14:16 / 25.02.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonda temir va mis konlarini qidirishni boshladi
17:44 / 23.02.2026
«Do‘stimni ogohlantirgandim» – Japarov Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasidagi o‘zgarishlar haqida
13:25 / 23.02.2026