Jahon | 10:20 / 29.04.2017
3685
2 daqiqa o‘qiladi

Albaniya parlamenti mamlakatning yangi prezidentini sayladi

Foto: EPA

Albaniya parlamenti o‘z spikeri Ilir Metani mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi. Bu haqda Reuters agentligi xabar qilmoqda. Davlat rahbarini saylash bo‘yicha ovoz berish jarayoni muxolifatning Xalq kengashi (parlament) ishini boykot qilganiga qaramay bo‘lib o‘tdi. 

Parlament shu oyning o‘zida 3 marta davlat rahbarini saylashga harakat qilgan, biroq bu urinishlar besamar ketgan edi, chunki ularda birorta nomzod ilgari surilmagandi. 

Nomzod davlat rahbari sifatida saylanishi uchun parlament a'zolarining 3/5 qismi ovoziga ega bo‘lishi talab etiladi. Bu raqamlarda 140 nafar deputatning 84 nafari demakdir. 28 aprel kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berish chog‘ida Ilir Meta nomzodini 87 deputat qo‘llab-quvvatlagan. Ularning aksariyati hukmron koalitsiya a'zolaridir. Unga bosh vazir Eli Rama boshchiligidagi Albaniya sotsialistik partiyasi va yangi davlat rahbari Ilir Meta yetakchilik qiladigan "Integratsiya uchun sotsialistik harakat" kiradi. 

Albaniya prezidenti 48 yoshda bo‘lib, Ilir Meta 1999-2002 yillarda mamlakat bosh vaziri lavozimini egallagan. 

Albaniya muxolifatidagi Demokratik partiyasi hukmron koalitsiyani korrupsiya va mahalliy davlat organlariga bo‘lib o‘tgan saylov natijalarini qalbakilashtirishda ayblab keladi. Muxolifat deputatlari parlament ishida ishtirok etishmaydi. Demokratik partiyaning o‘zi 18 iyunga belgilangan parlament saylovlarini boykot qilish bilan tahdid solmoqda. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid